Toshkent davlat agrar universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “TDAU kubogi ” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqalar doirasida erkak professor-o‘qituvchilar o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha qizg‘in, murosasiz va yuqori saviyadagi bellashuvlar tashkil etildi.
Bellashuvlar natijalariga ko‘ra 1-o‘rin "Òrmon xo‘jaligi va landshaft dizayn" fakulteti, 2-o‘rin "Agromuhandislik va agrotexnologiyalar" fakulteti, 3-o‘rin "O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik" fakulteti egalladi.
G‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz hamda barcha ishtirokchilarga sportdagi faolligi uchun minnatdorlik bildiramiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:


