logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyatida baliqchilik va sholichilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan fermerlar uchun bir haftalik (36 soatlik) malaka oshirish kurslari davom etmoqda

view 30

Mazkur jarayonni Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib, kursning ahamiyati va maqsadi haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi. Tadbirda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qoraboyev Xurshid Abduvahobovich ham ishtirok qilib, kurs ishtirokchilariga soha rivojiga oid tavsiyalarini taqdim etdi. Kurslar davomida tinglovchilar baliqchilik va sholichilikda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, kurs doirasida interaktiv mashg‘ulotlar, amaliy treninglar va tajribali mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar ham o‘tkaziladi.

Mazkur malaka oshirish kurslari sohada innovatsion yechimlarni tatbiq etish va mahalliy baliqchilik hamda sholichilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.