logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Uch avlod uchrashuvi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

view 49

Dastlab universitet rektori N. Oblomuradov boshchiligida O‘zbekiston Qahramoni, senator, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi S. Turdiev hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, senator Sh. Ayupov O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetiga tashrif buyurib, zamonaviy laboratoriyalar va “Renessans” ma’ruzalar zallari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat hamda magistratura bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari bilan suhbat tashkil etildi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi universitetning faollar zalida davom etdi. Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti rektori kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar. O‘zbekiston Qahramonlari talabalarga hayot yo‘llari, duch kelgan qiyinchiliklari hamda erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berishdi. Ular o‘z tajribalari orqali yoshlarga sabr, mehnat va qat’iyatning ahamiyatini tushuntirib o‘tishdi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetiga 20 dona kitob sovg‘a qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.