Toshkent davlat agrar universitetiga Yevropa va Markaziy Osiyoda agro oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishga qaratilgan TCP/RER/3904 loyihasi doirasida Atrof-muhit ijtimoiy tadqiqotlari guruhi (ESSRG)dan xalqaro ekspertlar — janob Balint Balaj va xonim Carmen Zett bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida universitet rahbariyati bilan samarali uchrashuv tashkil etildi. Unda shaharlarda agrooziq-ovqat infratuzilmasini rivojlantirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Ular ishlab chiqarish va qayta ishlash tizimlari, mahsulotlarni saqlash va logistika imkoniyatlari, savdo bozorlari va jamoat ovqatlanish tarmoqlari, sohadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari kabilardir. Uchrashuv davomida TDAUning 95 yillik yubileyi hamda BMTning FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) 80 yilligi munosabati bilan ikki tomonlama hamkorlikdagi yangi loyihalar istiqbollari ham muhokama qilindi.
Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro ekspertlar bilan muhim uchrashuv bòlib òtdi
6 Avgust 2025

