Toshkent davlat agrar universitetida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Xavfli kimyoviy moddalarning oqilona boshqarilishi uchun texnik ko‘mak” loyihasi doirasida “O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish (IPM)” bo‘yicha namunaviy o‘quv reja loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur o‘quv reja o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini (IPM) takomillashtirishga, xavfli kimyoviy pestitsidlardan foydalanish hajmini kamaytirish hamda biologik himoya usullarini keng joriy etishga qaratilgan.
Loyiha doirasida agrar ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlarida samarali natijalarga erishish rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:


