logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Taraqqiyot sari qizlar bilan!” anjumani bo‘lib o‘tdi

view 87

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga binoan 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universitetida “Taraqqiyot sari qizlar bilan!” mavzusida anjuman tashkil etildi. Anjumanni Toshkent davlat agrar universiteti ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Lapasov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida mamlakatimizda qizlarning ta’lim olishi, salomatligini mustahkamlash, ularning iste’dod va salohiyatlarini yuzaga chiqarish hamda kasbiy rivojlanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi- Nilufar Yunusova Respublika Oqila ayollar harakati a'zosi, falasafa fanlari doktori, professor Sayyora To'ychiyeva, universitet Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi G. Shodmonova o’zilarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir davomida “Bo‘ston” ansambli chiqishlari hamda “Lider qizlar” klubi a’zolarining ijodiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.