Anjuman Universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Sultonovning kirish so‘zi bilan boshlandi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori A.Jumanazarov, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy filiali loyihalar rahbari Cristina Lopriore, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy qilish va markirovkalashtirish bo‘limi (GAP) boshlig‘i A. Djumanozov, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Anjumanda oziq-ovqat xavfsizligi, xalqaro standartlarni joriy etish, biotexnologiyaning ahamiyati hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan qishloq xo‘jaligida ilg‘or xalqaro tajribalarni qo‘llash, ekologik toza va xavfsiz mahsulotlar yetishtirish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va yosh olimlarni ushbu jarayonlarga keng jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Anjuman yakunida qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishga erishish hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



