logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Fanlar akademiyasi professori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 199

Toshkent davlat agrar universiteti Xitoy Fanlar akademiyasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslarni tadqiq qilish instituti vakili, professor Lyu Chuangni rasmiy tashrif bilan qabul qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar davomida tomonlar ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar. Xususan, global innovatsiyalar almashinuvi tizimi doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, Food and Agriculture Organizationning “Bir mamlakat — bir ustuvor mahsulot” (One Country One Priority Product) tashabbusi doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot jarayonida agrar fanlar rivoji, qishloq xo‘jaligi resurslarini samarali boshqarish hamda agrar bozorlarni chuqur tahlil qilishda Big Data (katta ma’lumotlar) texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Xitoy tomoni, ayniqsa, O‘zbekistondan har yili Xitoyga eksport qilinadigan va u yer bozorida katta talabga ega bo‘lgan o‘zbek shirin gilosiga katta qiziqish bildirdi. Mutaxassislar ushbu ekinning sifati va hosildorligini oshirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirish, shuningdek, innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladilar.

Professor Lyu Chuangning tashrifi Toshkent davlat agrar universitetining Xitoyning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy-akademik aloqalarini mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.