logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yangi o‘quv binosi ochildi

view 257

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Universitet hududida 4 qavatli, 1350 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berib, ishtirokchilarga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladi. Shundan so‘ng universitet rektori N. Oblomuradov, universitet faxriy ustozlari, professor-o‘qituvchilar, xorijiy hamkorlar, ekspertlar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari marosimda faol ishtirok etmoqda.

Ma'lumot o'rnida, zamonaviy yangi binoda 8 ta o‘quv laboratoriyasi, 8 ta 60 o‘rinli ma’ruza zali, 38 ta seminar xonasi va professor-o‘qituvchilar xonalari, dekanatlar va yordamchi bo‘limlar joylashgan. Endilikda ushbu binoda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetlari faoliyat olib boradi. Talabalarimiz uchun yaratilgan bunday qulay va zamonaviy sharoitlar – kelajakdagi yirik ilmiy yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlarning mustahkam poydevoridir! Yangi o‘quv binosini barpo etgan quruvchilarga tadbir yakunida minnatdorchilik bildirilib, ularga hurmat ramzi sifatida to‘n kiydirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.