O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishining 2025-yil sentabrdagi 7-son bayoni ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi 11-band ijrosini ta’minlash maqsadida TDAU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Gulsanam Hamdamovna Tillaeva tomonidan “Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar” fakulteti talabalariga “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus ma’ruza o‘qildi. Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari S. Hoshimov, fakultet tyutorlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi A. Abduraimov ishtirok etishdi. Ma’ruzada 2025-yil 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqida ilgari surilgan maqsad va vazifalar keng yoritildi.
Xususan, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosiy yo‘nalishlar, inson qadri va uning davlat siyosatidagi ustuvor o‘rni, markaziy Osiyoni hamjihatlik makoni sifatida rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, yangi O‘zbekistonning global sheriklik strategiyasi, xalqaro maydondagi faol tashabbuslari hamda jamiyat taraqqiyotida diniy qadriyatlar, ma’naviy meros, bag‘rikenglik va totuvlik tamoyillarining ahamiyati kabi masalalar alohida ta’kidlandi. Ma’ruzada mazkur tamoyillarning bugungi globallashuv jarayonida jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi beqiyos ahamiyati talabalarga batafsil tushuntirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing


