logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Yaponiyada ta’lim va ish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

view 166

Toshkent davlat agrar universitetida Yaponiyaning ta’lim tizimi, mehnat bozori hamda yapon tilini o‘rganish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish boʻyicha prorektori A.Abduvasikov, JICA GROW loyihasi vakillari, Uzbekistan–Japan Center (UJC) mutaxassislari hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.

Seminar davomida GROW loyihasi faoliyati, Yaponiyada yashash maqomi (viza) turlari, ta’lim va mehnat sohasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ish yarmarkasiga tayyorgarlik jarayonlari xususida ham so‘z yuritildi. Tadbirda Sugaya-san tomonidan Yaponiyaning madaniyati, mehnat muhiti hamda ta’lim tizimining afzalliklari haqida keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. UJC vakillari esa markaz faoliyati bilan tanishtirib, “Irodori” dasturi asosida yapon tili bo‘yicha tajriba darsini tashkil etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.