Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi yana bir bor amalga oshirildi.
Konferensiyaga taklif etilgan xorijiy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar universitet hududida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Mazkur ezgu tashabbus nafaqat atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishga, balki yosh avlodda tabiatga mehr va ekologik mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


