Toshkent davlat agrar universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet hududidagi yashil makonlarni asrash va ekologik muvozanatni mustahkamlash maqsadida navbatdagi agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, bahorgi oziqlantirish davrida manzarali daraxtlarni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari tashkil etildi. Daraxtlarning biologik xususiyatlari hamda hududning tuproq-iqlim sharoitlari chuqur tahlil qilinib, kompleks o‘g‘itlardan foydalanildi. Mazkur agrotexnik tadbirlar ildiz tizimini mustahkamlash, vegetatsiya davrida o‘sish jarayonini jadallashtirish hamda daraxtlarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kelgusida ham universitet hududida yashil maydonlarni kengaytirish, manzarali o‘simliklarni tizimli parvarishlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


