logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarga yaratilgan sharoitlar va o’quv-ilmiy laboratoriyalar bilan O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi vakillari yaqindan tanishdilar

view 201

Dastlab, mehmonlar “Renessans” ma’ruza zali bilan tanishib, samimiy fikr almashishdi. Shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida faoliyat yuritayotgan “Manzarali ko‘chat yetishtirish” laboratoriyasi ish jarayoni bilan tanishildi. Bu yerda ko‘chat yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va landshaft dizayniga oid ilg‘or tajribalar haqida atroflicha ma’lumot berildi hamda o‘zaro fikr almashildi. Tadbir davomida mehmonlar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetidagi quritish laboratoriyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Shuningdek, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan, turli tuproq namunalari bilan boyitilgan ko‘rgazmali burchak mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazmada cho‘l, tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarga xos jami 22 xil tuproq namunalari namoyish etilib, ularning xilma-xilligi, xususiyatlari va ilmiy-amaliy ahamiyati batafsil yoritildi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi muhitini yaxshilash va professional kadrlar tayyorlash” loyihasi doirasidagi zamonaviy ilmiy laboratoriya faoliyati bilan ham tanishildi. Bu uchrashuv doirasida ilmiy tajriba almashish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qiziqarli fikrlar bildirildi, bu esa Toshkent davlat agrar universitetida olib borilayotgan ilmiy ishlarning xalqaro miqyosda ham dolzarbligini yana bir bor tasdiqladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.