logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Zamonaviy oziq-ovqat qadoqlash texnologiyalari” mavzusida workshop bo‘lib o‘tdi

view 50

Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash kafedrasida “Zamonaviy oziq-ovqat qadoqlash texnologiyalari” mavzusida workshop tashkil etildi. Mazkur seminarni Toshkent viloyatidagi VITABOOM kompaniyasi ta’sischisi Hasan Majidov olib bordi. Workshop davomida zamonaviy qadoqlash texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir doirasida universitet hamda VITABOOM kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kompaniya Uzairways, Korzinka, Safia kabi yirik brendlar mahsulotlarini qadoqlash bilan shug‘ullanadi. Workshopda Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qoraboyev Xurshid Abduvahobovich hamda Xalqaro texnologiyalar assotsiatsiyasi prezidenti Xu Dali ishtirok etdilar.

Tadbir talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun amaliy bilim va tajriba almashish maydoniga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.