Anjuman Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi hamda soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni bir maydonga jamladi. Tadbirda universitet rahbariyati, olimlari, ilmiy tadqiqotchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. Xodjayeva, O‘zbekipaksanoat uyushmasi raisi R. Abdullayev, Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti rahbariyati hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari ishtirok etdi. Konferensiya davomida pillachilikni innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish, seleksiya va urug‘chilik tizimini modernizatsiya qilish, xomashyoni qayta ishlashning texnologik integratsiyasi, tutchilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda agrosanoat majmuasining iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. 4 ta sho‘ba yig‘ilishi doirasida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, sohaning eksport salohiyatini oshirish va barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash yo‘llarini muhokama qildilar.
Anjuman yakunida ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va takliflar pillachilik sohasini yanada rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



