logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalarining ilk kunida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

view 122

Tadbirni universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u shunday ta’kidladi: “Vatanni faqat qurol bilan emas, balki o‘tkir zehn va bilim bilan ham himoya qilish mumkin. Agrar sohada yoshlarning o‘rni beqiyos. Barchangizni universitetimizning 95 yilligi bilan chin dildan tabriklayman.” Rektor, shuningdek, Prezidentimizning “oltin avlod” haqidagi so‘zlarini eslab, uchrashuv yoshlar uchun o‘tgan avlodlar tajribasidan saboq olish va kelajak maqsadlarini belgilashda muhim imkoniyat ekanini ta’kidladi. Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni A. Eshmatov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining o‘rinbosari O. Amanov, Parkent tumani “Parkent Plants” MCHJ rahbari A. Shuhratov, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Navbahor” MFY raisi J. Rahmonov hamda boshqa taniqli bitiruvchilar ishtirok etdilar. Shuhrat Abbosov, Parkent tumani “Parkent Plants” MCHJ rahbari, 2004-yilda bakalavr, 2006-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, AQShning Kaliforniya shtatida amaliyot o‘tagan. Hozirda intensiv bog‘dorchilik yo‘nalishida respublikada yetakchilik qilmoqda. U sun’iy intellekt yordamida onlayn kontent va adabiyotlar yaratish tashabbusini ilgari surdi. Jo‘rabek Rahmonov, Sirdaryo viloyati “Navbahor” MFY raisi, o‘z chiqishida shunday dedi: “Universitetga kirib kelar ekanman, go‘yo u 95 yoshli emas, 18 yoshli yosh universitetday tuyildi. Bu yaratilgan sharoitlar uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman.” Shuningdek, ustozlari Z. Saidnosirova, Dehqonboyev, N. Xo‘jayev, Siddiqovlardan ta’lim olgani, imtiyozli diplom bilan tamomlagani, sho‘rlangan yerlarda hosildorlikni 45 sentnergacha yetkazgani haqida so‘zlab, “taqdirimdan va ona universitetimdan roziman” deya nutqini yakunladi. O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi A.Axmedjanova esa so‘zga chiqib, universitetda yaratilayotgan yangi sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, sport zallari va dam olish maskanlaridan faxr bilan so‘z yuritdi. Tadbir davomida talabalarning savol-javoblari, fikr-mulohazalari tinglandi. Bitiruvchilar tomonidan “har bir talaba bir ko‘chat ekishi va ARMga bittadan kitob sovg‘a qilishi” taklifi ilgari surildi. Shuningdek, bitiruvchilar jamoatchilik asosida har bir viloyatda universitet jamoalarini tashkil etish va ular orqali universitet nufuzini yanada oshirish tashabbusini bildirdilar. Madaniy qismda “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli tomonidan “Mast aylading”, “Mustahzod”, “Qizil o‘rik”, “Lazgi” kabi milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Sho‘x navolar ostida talaba-qizlarning raqslari bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Tomoshabinlar orasida yuqori energiya va iliq muhit hukm surdi. Bayramona kayfiyat davom etmoqda! “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tantanalarining ajralmas va mazmunli qismi bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.