Samarqand viloyati Urgut tumani Gavsuli Aʼzam hamda Chor Chinor Ziyoratgohlarida tashkil etilgan plenerda yoshlar tabiatning betakror go‘zalligi, qadimiy maskanlarning ma’naviy ruhi hamda kuz faslining rang-barang manzaralaridan ilhom olib, o‘z ijod namunalarini yaratishdi. Bunday ijodiy tadbirlar nafaqat yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqish va estetik didni shakllantiradi, balki ularning milliy qadriyatlarimiz, tabiatimiz va boy madaniy merosimizga mehrini yanada mustahkamlaydi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tishimiz kerakki ushbu Xalqaro "Oltin kuz" agro-tasviriy va amaliy san’at festivali 27-sentabrgacha davom etadi
Ijtimoiy tarmoqlar:




