Uchrashuv “Turon” kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ilm-fan, ta’lim, axborot resurslari almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va talaba-yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab, kutubxona rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari ishtirok etdi. Shuningdek, talabalar tomonidan badiiy chiqishlar taqdim etildi.
Ushbu hamkorlik orqali ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma loyihalar, ijodiy va ilmiy tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:


