O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 117-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, universitetimizda 2026/2027-o‘quv yili uchun grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash jadvali tasdiqlandi.
Mazkur jarayonlar tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Shuni ma’lum qilamizki, universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan to‘liq ta’lim granti hamda to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti kvotalari doirasida ushbu taqsimotda ishtirok etishlari mumkin.
Grantlarni qayta taqsimlash jarayoni talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (reyting ballari) va belgilangan mezonlar asosida shaffof tarzda amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumot va jadval bilan fakultet dekanatlari hamda universitetning rasmiy axborot resurslari orqali tanishishingiz mumkin.
O‘z bilimingiz va yuqori natijalaringiz bilan davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ijtimoiy tarmoqlar:
