favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining olimlari tomonidan sabzavotchilikda yangi mahalliy navlar yaratilmoqda

view 77

Hozirda O‘zbekistonda issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan sabzavotlarning 85–90 foizi, ochiq daladagi sabzavotlarning esa 60–70 foizi chetdan olib kelingan urug‘liklarga bog‘liq. Bu esa nafaqat iqtisodiy mustaqillikka, balki fitosanitar xavfsizlikka ham tahdid solmoqda.

Aynan shu muammolarga yechim sifatida, Toshkent davlat agrar universiteti professori M.Amanova va ularning shogirdlari tomonidan 2020–2025-yillar davomida Xorazm viloyatining iqlim sharoitida pomidor va tarvuzning serhosil, eksportbop hamda ekologik stress omillariga bardoshli yangi mahalliy navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.