Tadbirda universitetimiz professor-o‘qituvchilari, Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti vakillari hamda xitoylik hamkorlar onlayn (Zoom platformasi orqali) ishtirok etishdi. Shuningdek, amaliy bog‘dorchilik yo‘nalishida ham muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 2025-yil mart oyida TDAUning o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligiga Xitoydan 200 tup Fuji gibrid olma ko‘chatlari ekildi. Ruiyang, Jin 18, Mid-Autumn Festival King kabi mashhur navlar asosida tajribalar olib borilib, iqlimimizga mos, yuqori hosildor navlarni tanlab olish hamda ikki universitet hamkorligida xalqaro olma bog‘i kolleksiyasini yaratish maqsad qilingan. Bugun esa hamkorlikning navbatdagi yirik bosqichi amalga oshmoqda – O‘zbekiston–Xitoy olma bog‘i meteorologik xizmat ko‘rsatish stansiyasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti, Xitoy Olma meteorologik xizmati markazi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida tashkil etildi. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti o‘rtasida bir qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitetimiz qoshida mazkur universitetning filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgani talabalarga hamda professor-o‘qituvchilarga xitoylik mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish, yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini bermoqda.
Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirishda va zamonaviy innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda izchil faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:

