favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalarining fitopatologiya fanidan o‘quv amaliyoti samarali yakunlandi.

view 62

103 nafar talaba 15 kun davomida Toshkent botanika bog‘i, Akademik M. Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetining óquv-ilmiy tajriba xo‘jaligida dala sharoitida amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Talabalar 5 guruhga bo‘linib, o‘ziga biriktirilgan dala maydonlarida 40 dan ortiq o‘simlik kasalligini aniqlab, ularni chuqur o‘rgandi. Tajribalarga kòra eng ko‘p uchragan kasalliklar alternarioz (pomidor, kartoshka),fuzarioz va ildiz chirishi (bug‘doy, sabzavot ekinlari), Zang kasalliklari (g‘o‘za, donli ekinlar), Mo‘g‘orlar va bakterial dog‘lar (poliz va sabzavotlar) deb aniqlandi.

Har bir guruh o‘z dalasidan olingan namunalarni laboratoriyada mikroskopik tahlildan o‘tkazib, kasalliklarning zamburug‘li, bakterial yoki virusli kelib chiqishini aniqladi. 100 dan ortiq namunalar o‘rganildi. Eng faol va ijodiy yondashgan 15 nafar talaba faxriy yorliq va sertifikat bilan taqdirlandi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.