Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Xayitov, fakultet professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Davra suhbatining asosiy maqsadi — universitetda halollik, ochiqlik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsion holatlarning oldini olish, profilaktika choralarini kuchaytirish hamda Toshkent davlat agrar universitetida halol ta’lim va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi madaniyatni oshirish va talabalarda huquqiy ongni kuchaytirishga qaratilgan takliflar ham ilgari surildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

