favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining sobiq bitiruvchilari 26 yillik soğinchdan sóng universitetda jam bóldi

view 110

Toshkent davlat agrar universiteti universitetimizni 1999-yili tamomlagan 50 nafardan ortiq sobiq bitiruvchilar bilan tóldi. Uchrashuv doirasida mehmonlarni universitet rektori, professor N.Oblomurodov samimiy kutib oldi. Sobiq talabalar bilan iliq suhbatlashdi, ularni universitetda amalga oshirilayotgan yangiliklar, ilmiy yutuqlar bilan tanishtirdi. Ularning  kózlarida porlab turgan 26 yillik soğinchni payqash qiyin emas albatta. Har biri ilk universitetga qadam qóygan davrlarini eslab, talabalik davrlarini qumsashdi.
Shuningdek, mehmonlar universitetimiz iqtidorli talaba yoshlari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi. Ko‘rgazma doirasida har bir asar haqida batafsil ma'lumotlar berildi fikrlar almashildi. Yorqin hotiralarga boy bólgan suhbat davomida rektorimiz sobiq bitiruvchilarni universitetimizning 95 yilligiga bag‘ishlab joriy yilning kuzida o‘tkaziladigan “Oltin kuz” agro-rasmlar festivaliga taklif etdi. Bitiruvchilar ushbu festivalda ishtirok etishdan mamnun ekanliklarini bildirib, albatta tashrif buyurishlarini va’da qilishdi.

Suhbat yakunida esa sobiq talabalar va rektor esdalik uchun suratga tushib, bitiruvchilar universitet uchun estalik bòlgan kitoblar va sovg‘alarini topshirdilar. Yillar o‘tgani bilan qalblardagi universitetga bo‘lgan muhabbat aslo so‘nmaganini ko‘rsatdi bu uchrashuv.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.