favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Universitet rektori boshchiligida prorektorlar hamda boshqarma boshliqlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o’tkazildi

view 105

Yig‘ilishda ta’lim dasturlarining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish jarayonidagi yutuqlar va mavjud kamchiliklar tahlil qilindi. Bu boradagi yutuqlar universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Universitetning yangi rasmiy veb-saytini yaratish bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Yangi sayt orqali universitet faoliyati, ta’lim dasturlari va yangiliklar haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish, shuningdek, abituriyentlar va talabalar uchun qulay interfeys yaratish rejalashtirilmoqda.
Axborot-resurs markazining faoliyatini yanada takomillashtirish, elektron kutubxona resurslarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, talabalar turar joylarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash, ularni zamonaviy dizayn asosida ta’mirlash va talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Bu borada yangi mebellar bilan ta’minlash, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish kabi chora-tadbirlar belgilandi.
Universitet sport kompleksidagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, tegishliligi bo’yicha mas’ullarga topshiriq va vazifalar berildi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.