Toshkent davlat agrar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti F.Mamadaliyeva tashabbusi bilan axborot resurs markazida yozuvchi Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari muhokamasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jarayon davomida asarning g‘oyaviy mazmuni, undagi insoniy fazilatlar va hayotiy saboqlar talabalarga keng yoritib berildi. Shuningdek, F.Mamadaliyeva o‘z shaxsiy tashabbusi bilan mazkur asardan bir nechta nusxani Axborot-resurs markaziga talabalar foydalanishi uchun sovg‘a sifatida topshirdi.
Mazmunli uchrashuv talabalar uchun ruhiy ozuqa va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

