2025-yil 16-18 sentyabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida yosh olimlarning “Молодёжь в науке – 2025” mavzusidagi XXII xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Toshkent davlat agrar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Tillaeva Gulsanam Hamdamovna faol ishtirok etmoqda. Ustozimiz konferensiyaning “Sun’iy intellekt, raqamlashtirish va raqamli texnologiyalar” bo‘yicha o‘tkazilgan bo’limida “The Impact of Digitalization on Cultural Practices and Values” (Raqamlashtirishning madaniy amaliyotga ta’siri va qadriyatlar) mavzusida ma’ruza taqdim etdi. Anjumanda agrar fanlar, gumanitar fanlar, fizika, matematika, informatika va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy taqdimotlar ham o‘tkazilmoqda.
Kelgusida O‘zbekiston delegatsiyasi, Belarus Milliy akademiyasi huzuridagi Tizimli tahlil va strategik tadqiqotlar markazi hamda Belarus Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing


