O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbus asosida universitetimizning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” hamda “Agromuhandislik” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbus doirasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari “Toshkent traktor zavodi”da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dual ta’lim tizimi talabalarga nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, real mehnat muhitida tajriba orttirish hamda kelgusida mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib shakllanish imkonini beradi.
Endilikda talabalar nafaqat nazariy bilim oladi, balki korxonada ishlab, o‘z mehnati uchun munosib oylik maosh ham oladi. Bu esa amaliy ko‘nikmaga ega, zamonaviy fikrlaydigan va kasbiy jihatdan yetuk “kelajak muhandislari”ni tayyorlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


