Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 154-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar, ota-onalar hamda pedagoglar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida TDAUning qo‘shma ta’lim dasturlari, unda tahsil olish imkoniyatlari, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kunning ikkinchi yarmida viloyatdagi Loyiha ofisi faoliyati hamda agroxizmatlar yo‘nalishida fermerlar va tomorqa yer egalari bilan uchrashuv ham tashkil etildi.
Unda hududdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish, fermer va tomorqa xo‘jaliklarida zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, mavjud muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar topish masalalari muhokama qilindi.our Heading
Muloqot davomida Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalarni Urgut tumanida amaliyotga joriy etish bo‘yicha ham fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


