logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Uzum boģini bahorga tayyorlash haqida bilasizmi?

view 123

Bahor mavsumida uzumdan yuqori va sifatli hosil olish uchun bo‘g‘ni qishdan to‘g‘ri chiqarish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish muhim ahamiyatga ega. Havo harorati barqaror ravishda +5…+8 °C ga yetganda uzum butalarining qishki yopmalari bosqichma-bosqich ochiladi. Birdaniga ochish tavsiya etilmaydi, chunki bu kurtaklarning sovuq urishiga olib kelishi mumkin. Bahorda quruq, kasallangan va shikastlangan novdalar olib tashlanadi. Hosil beruvchi sog‘lom novdalar qoldirilib, bo‘g‘ shakli me’yoriga keltiriladi. Kesish ishlarini sharbat yurishi boshlanmasdan oldin yakunlash lozim. Qator oralari va buta atrofi yumshatiladi, begona o‘tlar tozalanadi. Tuproqning havodorligi yaxshilanib, nam saqlanishiga sharoit yaratiladi. Zarurat bo‘lsa, chirigan go‘ng yoki kompost solinadi. O‘g‘itlash bahorda uzumning vegetatsiyasini kuchaytirish uchun azotli o‘g‘itlar me’yorida beriladi. Fosfor va kaliyli o‘g‘itlar ildiz rivoji va kelajakdagi hosil sifati uchun muhim hisoblanadi. Sug‘orish Tuproq namligiga qarab dastlabki vegetatsion sug‘orish amalga oshiriladi. Haddan ortiq sug‘orishdan saqlanish kerak, chunki bu ildiz chirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bahorgi profilaktik purkashlar (misli preparatlar, fungitsidlar) o‘tkazilib, mildyu, oidium va boshqa kasalliklarning oldi olinadi. Zararkunandalarga qarshi tavsiya etilgan insektitsidlar qo‘llanadi. Kesilgan va qoldirilgan novdalar simga yoki tayanchlarga to‘g‘ri bog‘lanadi. Bu quyosh nuri yaxshi tushishini va novdalarning sinmasligini ta’minlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.