logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Wang Kunfeng magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

view 30

Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot kafedrasida tahsil olgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Wang Kunfeng magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Magistrlik dissertatsiyasi “O‘zbekistonda paxta klasterlarining hozirgi holati tahlili va ularning faoliyatini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakat agrar iqtisodiyoti uchun dolzarb yo‘nalishlardan birini qamrab olgan.

Tadqiqot davomida paxta-to‘qimachilik klasterlarining rivojlanish tendensiyalari, iqtisodiy samaradorligi, ishlab chiqarish xarajatlari tuzilmasi hamda xalqaro tajriba asosida raqobatbardoshlik omillari chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, klasterlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ilmiy ishning amaliy qismi Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Bahodir Logon Textile” paxta-to‘qimachilik klasteri misolida sinovdan o‘tkazildi. Amaliy natijalarga ko‘ra, hosildorlik 10 foizga oshgani, rentabellik 33,3 foizga yaxshilangani, logistika xarajatlari 10–12 foizga qisqargani hamda korxona daromadi 14–16 foizga ko‘paygani qayd etildi. Uning ilmiy rahbari iqtisod fanlari doktori, professor I.S. Ochilov bo‘ldi.

Mazkur himoya nafaqat shaxsiy ilmiy yutuq, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikning samarali rivojlanayotganini ham ko‘rsatadi. Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Wang Kunfengni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklab, uning kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.