favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro hamkorlik bo’limi

TDAU Xalqaro Hamkorlik
TDAU Logotipi

Toshkent Davlat Agrar Universiteti

Xalqaro Hamkorlik Bo‘limi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Agrosanoat tarmog‘i samaradorligi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligi bozori subyektlari o‘rtasidagi tizimli munosabatlar va barqaror aloqalarning mustahkam yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liq.

Bu esa, o‘z navbatida, kooperatsiya asosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va xalqaro aloqalarning jadal rivojlanishida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Toshkent Davlat Agrar Universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limi xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish, zamonaviy ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish borasida muhim funksiyalarni bajaradi.

Mazkur bo‘lim quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha samarali faoliyat olib bormoqda

  • Ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish
  • Xorijiy tajribalarni o‘rganish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa turdagi ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish
  • Talabalar va magistrantlarning malakasini oshirish, xalqaro tadbirlarda qatnashishi uchun aloqalar yaratish
  • Universitetning xalqaro nufuzini oshirish uchun yetakchi xorijiy OTM va ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilish

Xalqaro Hamkorlar

TDAU 150 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qiladi:

AQSh
Belarus Respublikasi
Rossiya Federatsiyasi
Germaniya
Gruziya
Yaponiya
Koreya Respublikasi
Litva
Latviya
Malayziya
Polsha
Qirg‘iziston
Qozog‘iston
Tojikiston
Turkiya
Turkmaniston

Xalqaro hamkorlik dasturlari haqida

Universitet hozirda 150 dan ortiq xalqaro hamkorlarga ega bo‘lib, ularning geografiyasi keng: AQSh, Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Koreya, Turkiya va boshqa davlatlar.

Xorijiy fuqarolar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, talabalar Afg‘oniston, Belarusiya, Xitoy, Afrika, Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan kelgan.

Xodimlarning o‘quv va ilmiy faoliyati Angliya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlarda olib borilmoqda.

Universitet Erasmus+, NRF (Koreya), Chungnam universiteti va boshqa loyihalarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, xorijiy professorlar jalb etilmoqda.

Xalqaro Hamkorlik – 2025 yil may

Xalqaro hamkorlik bo‘limining 2025 yil may oyida amalga oshirilgan ishlari

  • TDAU va “GLOBAL TEXTILE” kompaniyalar guruhi o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • TDAU hamda O‘zbekiston Lizing Uyushmasi va “Uzbek Leasing International A.O.” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • TDAU va Janubiy Koreyaning INPRO Inc. kompaniyasi o‘rtasida “Aqlli chorvachilik” loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • TDAU va Xitoyning Xi’an Fanyi universiteti hamkorligida Xitoy tilini o‘qitish xalqaro markazi tashkil etildi, memorandum imzolandi.
  • TDAU va Polshaning WSB universiteti o‘rtasida strategik hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
  • TDAU va Polshaning NIWA kompaniyasi o‘rtasida rezavor mevalar yo‘nalishida ilmiy hamkorlik boshlanib, memorandum imzolandi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.