2026-yil 9–20-fevral kunlari Toshkent davlat agrar universitetining “O‘rmonchilik va landshaft dizayni” kafedrasida “O‘rmon-park xo‘jaligi” hamda “Tabiiy resurslardan barqaror foydalanish” yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro magistrantlar uchun bitiruvoldi stajirovka muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Shuningdek, S. Seifullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnologik tadqiqotlar universiteti magistrantlari ham mazkur kafedrada malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etdilar. Stajirovka davomida ishtirokchilar kafedraning zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalarida mavjud jihozlardan samarali foydalanish, landshaft loyihalash jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda ilmiy tajribalar olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Ushbu stajirovka xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

