Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish doirasida bugun universitetimizga Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli oliygohlaridan biri — Missouri universiteti professori Kin Adams tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Toshkent davlat agrar universiteti mas’ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda amaldagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot yakunida professor-o‘qituvchilar uchun qo‘shma malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi dasturlarini faollashtirish vs o‘zaro manfaatli "Summer school" loyihalarini tashkil etish bo’yicha kelishuvga erishildi. Ushbu hamkorlik universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajriba almashish va talabalarimiz uchun global ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


