logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro hamkorlikda yana bir qadam – Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Qozog‘iston Milliy agrar universiteti o’tkazilgan “O‘simliklar himoyasi – Yashil olam himoyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar.

view 134

Toshkent davlat agrar universiteti va Qozog‘iston Milliy agrar universiteti (KAZNAU) o‘rtasidagi o‘quv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Universitetimiz professori X.X. Kimsanbaev va qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent X.K. Nazarovlar Qozog‘iston Milliy agrar universitetida o‘tkazilgan taniqli olim, q.x.f.d, professor Sagitov Abay Orazovichning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘simliklar himoyasi – Yashil olam himoyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ularning dolzarb mavzulardagi taqdimotlari Rossiya, Xitoy, AQSh, Belorussiya, Yaponiya, Belgiya, Ispaniya, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan tashrif buyurgan olimlarda katta taassurot qoldirdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.