logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz!

view 17

Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini" jurnali tahririyati hamkorligida 2026-yil 12-may kuni yirik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Anjuman "O‘simliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi integratsiyalashgan himoya" mavzusida bo’lib o’tadi
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari (sho‘balar):
1-shu’ba. Qishloq ho‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilishda intgratsiyalashgan usullardan foydalanish.
2-shu’ba. Qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan kasalliklarni aniqlash, monitoring qilishda fitopatologik va biotexnologik usullar hamda innovatsion yondashuvlardan foydalanish.
3-shu’ba. Qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish hamda ekologik barqaror agroekotizimlarni shakllantirishda zamonaviy agrokimyoviy va tuproqshunoslik yondashuvlari.
4-shu’ba. Atrof-muhitni muhofaza etish, istiqbolli dorivor va o’rmon o’simliklarni yetishtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqarish.
5-shu’ba. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda agrar sohani barqaror rivojlantirishda zamonaviy iqtisodiy mexanizmlar va innovatsion yondashuvlar.
6-shu’ba. Meva-sabzavotchilik, uzum va sitrus ekinlari mahsulotlarini yetishtirish hamda
qayta ishlash, saqlash va yuqori qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish.
Ishtirok etish tartibi:
Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 10-mayga qadar.
Ishchi tillar: O‘zbek, rus va ingliz tillari.
Barcha qabul qilingan maqolalar maxsus to‘plamda nashr etiladi hamda Google Scholar va ResearchGate bazalarida indekslanadi.
Maqolalar ilmiy asoslangan, tahliliy va belgilangan format (UDK, annotatsiya, kalit so‘zlar, metodologiya va xulosa)ga mos bo‘lishi lozim.
Maqolalarni yuborish va savollar uchun:
(+998 97) 784-42-40 — N.R. Irgashova
(+998 97) 135-36-86 — A.X. Rahmonov
Batafsil ma’lumot: agrokarantin.uz (https://agrokarantin.uz/)
Ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish va soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatini boy bermang!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.