logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

XALQARO ILMIY-AMALIY FORUM TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA RASMAN OCHILDI!

view 236

Toshkent davlat agrar universitetida “Xitoy – Markaziy Osiyo: fan va texnologiyalar, biologik xavfsizlik va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘z ishini rasman boshladi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u mazkur xalqaro forum ilk bor o‘tkazilayotgani, bu esa kelgusida an’anaviy anjumanga aylanishi va agrar sohada jadal rivojlanayotgan ilm-fan hamda innovatsiyalarni keng yoyishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Forumning tantanali ochilish marosimida, shuningdek:
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yu Jun,
Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor Oblomuradov Narzullo Naimovich,
O‘zbekiston ekologik partiyasi raisi, professor Xamzayev Abdushukur Xudaykulovich,
Xitoyning Shimoliy-Gʻarbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti professori, akademik Kang Zhensheng,
Shinjon Uyg‘ur avtonom rayoni qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Ghalip Arshi,
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi prezidenti, akademik Telektes Yespolov,
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Namozov Shodman Ergashovich
kabi xalqaro miqyosdagi nufuzli mehmonlar so‘zga chiqib, forum ishtirokchilarini samimiy tabrikladilar.
Forum doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, biologik xavfsizlikni ta’minlash hamda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Jarayonni biz bilan birga kuzatib boring!

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.