Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi

Toshkent Davlat Agrar Universiteti
Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi
Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi
Xalqaro loyihalar bo‘limi, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va oliy ta’lim sohasida xalqaro integratsiyani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy missiyasi ilg‘or texnologiyalar va bilimlarni uzatishni ta’minlash, shuningdek, akademik muassasalar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida strategik hamkorlik va mustahkam tarmoqlarni rivojlantirishdan iborat.
Toshkent Davlat Agrar Universitetining xalqaro loyihalarni jalb qilish bo`limi halqaro ilmiy-tadqiqot loyihalar portfeli global muammolarga jahon darajasidagi tadqiqotlar va bilim almashinuvi orqali yondashadi hamda ijtimoiy va ekologik ta’sirini inobatga olgan holda faoliyatini olib boradi.
Jahon miqyosidagi rivojlanish prioritetlariga muvofiq, bo‘lim, iqlim o‘zgarishi, yashil iqtisodiyotga o‘tish, barqaror oziq-ovqat tizimlarini boshqarish hamda oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
Hozirda universitet bir nechta nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda
- Yevropa Ittifoqi (Horizon 2020, Erasmus+ dasturlari)
- Jahon Banki
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti va u bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar
- FAO – Food and Agriculture Organization
- UNDP – United Nations Development Programme
- UNICEF – United Nations Children’s Fund
- ASK Facility – Access to Seeds Knowledge Facility
- WTO – World Trade Organization
- OECD – Organisation for Economic Co-operation and Development
- Germaniya Xalqaro Hamkorlik Korporatsiyasi (GIZ) – Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit
- DAAD – Deutscher Akademischer Austauschdienst
- AZ-Germany Consulting GmbH
- JAC-Vermittlung GmbH
- Koreya – Koica, Kopia
Xalqaro Hamkor tashkilotlar
Universitetimiz bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar va dasturlar:
Xalqaro loyihalar tashabbuslari iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladi.
Ushbu loyihalar tajriba, innovatsiyalar va moliyaviy resurslar almashinuvi orqali o‘zaro rivojlanishni ta’minlaydi
Tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash uchun bo‘lim quyidagilarga e’tibor qaratadi
Loyiha boshqaruvining professional va strategik yondoshuvi
Mavjud moliyaviy resurslar va moliyaviy vositalarni samarali qo‘llash
O‘zining maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati orqali Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi universitetning global faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shadi va uni xalqaro maydonda innovatsiya va ilm-fan hamda ilg‘or tajribalar markaziga aylantirish missiyasiga xizmat qiladi
AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant – bepul o‘quv dasturi
Toshkent davlat agrar universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida 2025-yil 15-iyuldan boshlab tadqiqotchilar uchun “AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” bepul oʻquv dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur dasturning asosiy maqsadi 200 nafar saralab olingan ishtirokchilarda sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va maʼlumotlar tahlilini tizimlashtirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini rivojlantirgan holda, tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, Sizdan ushbu dasturni keng targʻib qilinishida hamda ishtirok etish istagini bildirgan professor-oʻqituvchi, ilmiy xodim, izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilarni joriy yilning 15-iyun sanasiga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz:
Hurmat bilan, Toshkent davlat agrar universiteti Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi
🎓 Italiyaning Tuscia universitetida magistratura uchun grant tanlovi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, va Italiyaning Tuscia universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tuscia universitetida magistratura bosqichida Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus stipendiya dasturi asosida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovi e’lon qilinadi.
🤔 Tanlov uch bosqichda bo‘lib o‘tadi:
-
Birinchi bosqich: Talabgor quyidagi havola orqali ariza to‘ldiradi:
Ariza shakli
(Talabgorlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari yoki bitiruvchi bosqich talaballari bo‘lishi zarur). -
Ikkinchi bosqich: Nizom talablariga javob bergan talabalar quyidagi hujjat orqali aniqlanadi:
Tanlov nizomi
Nomzodlar tanlangan ta’lim dasturining dekani tomonidan suhbat qilinadi. Suhbat natijalariga ko‘ra universitetga qabul qilinadi. -
Uchinchi bosqich: Universitetga qabul qilingan nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- a) Amaldagi xorijga chiqish pasporti;
- b) Bakalavr diplomi (agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, 2025-yil 31-iyulga qadar daraja olinishi haqida ingliz tilida ma’lumotnoma);
- d) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi yoki reyting daftari tarjimasi, baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
- e) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki ingliz tilida o‘qitilgan bakalavr dasturini tasdiqlovchi hujjat;
- f) Ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
- g) Qiziqishlari haqida motivatsion insho (Motivatsiya xati);
- h) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).
✉️ Qo‘shimcha savollar uchun: h.suyarova@agro.uz manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
📌 Arizalar topshirish muddati: 2025-yil 16-iyungacha.
Assalomu alaykum, hurmatli oliy ta’lim muassasalari mas’ullari!
Joriy yilning 5-iyun, payshanba kuni, soat 15:00 da Tusha universiteti vakillari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ishtirokida stipendiya dasturi bo‘yicha «Ochiq kun» (Open Day) uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuv davomida Tusha universitetida ta’lim olish imkoniyatlari, mavjud stipendiya dasturlari hamda hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Shu munosabat bilan, ushbu tadbirda ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan bitiruvchi talabalar va universitet xodimlarining faol qatnashuvini ta’minlashingizni so‘raymiz.
Zoom havolasi:
🔗 Zoom orqali ishtirok etish
Qo‘shimcha ma’lumot va savollar uchun quyidagi mas’ul shaxsga murojaat qilishingiz mumkin:
📌 Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi
👩💼 Xo‘janazarova Nargiza
📞 Telefon: +998 93 542 39 30
Trenerga chaqiriq: Madaniyatlararo muloqot va madaniy moslashuv
O‘zbekiston Milliy Erasmus+ ofisi va Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamkorligida 2025-yilgi Erasmus Mundus qo‘shma magistratura stipendiyasi g‘oliblari uchun madaniyatlararo muloqot va madaniy moslashuv bo‘yicha trening o‘tkazadigan trenerni qidirmoqda.
- 📅 Sana: 2025-yil 3-iyul
- 🕙 Vaqt: 10:00–16:00 (2 soatlik trening + to‘liq kunlik ishtirok)
- 📍 Tinglovchilar: O‘zbekistondan EMJM stipendiatlari
- 💼 To‘lov: YI Delegatsiyasi tomonidan belgilanadi
Trening maqsadi:
Stipendiatlarga Yevropada tahsil olishga tayyorgarlikda madaniyatlararo muloqot va moslashuv bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni berish.
Trenerga talablar:
- Shunga o‘xshash treninglar o‘tkazgan tajriba
- Yoshlar va ko‘p millatli auditoriyalar bilan ishlash ko‘nikmasi
- Kontentni akademik mobillikka moslashtirish qobiliyati
- Ingliz va o‘zbek tillarida yaxshi muloqot (rus tili – afzallik)
Afzalliklar:
- Yevropada yashagan/yashagan yoki ishlagan bo‘lish
- Erasmus+, EU dasturlarida ishtirok
- EMJMD dasturi bilan tanishlik
📩 Qiziqasizmi? Rezyumeni va qisqa sessiya taklifini yuboring: neo.bonuabdusalomova@gmail.com
Yoki Telegram orqali bog‘laning: @RadugiousLenivetz
📢 Arizalar qabuli: Humphrey Fellowship Dasturi 2026–2027
Jamiyatga foydali boʻlishni istaydigan, oʻz ishining ustasi boʻlgan o‘rta darajadagi mutaxassismisiz? Humphrey Fellowship dasturiga ariza topshiring!
Quyidagi sohalarda AQSH mutaxassislari bilan hamkorlikda tajriba almashish imkoniyatini qo‘lga kiriting:
- Inson va institutsional salohiyatni oshirish
- Barqaror yer resurslarini boshqarish
- Jamoat salomatligi siyosati
- va boshqa yo‘nalishlar…
📆 So‘nggi muddat: 2025-yil 4-iyul
🔗 Hozir ariza topshiring: https://apply.iie.org/huberthhumphrey
✨Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – bilimlaringizni oshiring va global o‘zgarishlarga hissa qo‘shing!
One Young World Summit 2025
Dastur yosh liderlarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili o‘tkaziladi. Summitda dunyo bo‘ylab 2,000 ishtirokchi qabul qilinadi va global muammolarni hal qilish uchun birlashadilar. Yetakchi shaxslar dastur davomida turli mavzularda spikerlik qiladilar.
Sana: 3–6 noyabr, 2025
Joylashuv: Germaniya, Myunxen shahri
Foydali jihatlari:
- Xalqaro yoshlar bilan tajriba almashish imkoniyati
- Turar joy va borib kelish xarajatlari
- Sertifikat
- Sayohat xarajatlari qoplanadi
- Mehmonxona
Yosh chegarasi: 18–30 yosh (istisnolar mumkin)
So‘nggi muddat: 2025-yil, 7-iyul
Universitetimizning xalqaro hamkorlari
