logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro mezonlar asosida baholash ishlari davom etmoqda

view 249

5–7 may kunlari Toshkent davlat agrar universitetida Germaniyaning ASIIN tashkiloti vakillari ishtirokida xalqaro akkreditatsiya jarayonlari bo‘yicha amaliy suhbat va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh tarkibiga kiritilgan vakillar, talaba-yoshlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari faol qatnashdi.

Jarayon davomida ekspertlar universitetning asosiy markazlari, zamonaviy jihozlangan laboratoriyalar va o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar bilan suhbat o’tkazdilar.
Jarayonlar yakunida mutaxassislar taqdimotlar va joylardagi faoliyat natijalarini hamda akkreditatsiya talablari asosida olib borilgan ishlarni ijobiy baholadilar.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.