logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xashar — barchaga yarashar!

view 117

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi oldidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bugun universitetimizda xashar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda! Jarayon davomida o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport majmuasi va talabalar turar joylari atrofida obodlashtirish ishlari avjida. Daraxtlarga shakl berilmoqda, yangi ko‘chatlar ekilmoqda, hududlar tartibga keltirilmoqda. Hasharda fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari, tyutorlar, texnik-xo‘jalik bo‘limi xodimlari hamda ishchi jamoa ko‘ngilli talaba yoshlar bilan bir qatorda faol ishtirok etib, birlik va mehnatsevarlik namunasi ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, xashar ishtirokchilari uchun osh tayyorlanmoqda, bu esa jarayonga yanada iliqlik va bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.