logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xitoy–Markaziy Osiyo universitetlari talabalarining Startap innovatsion loyihalari tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

view 6

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy–Markaziy Osiyo universitetlari talabalari Startap innovatsiya va tadbirkorlik loyihalari tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Sun Chang Dong, Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i To‘xtamurod Atakulov, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyiha menejeri Taviza Usmanova, Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomurodov, shuningdek, Markaziy Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli xalqaro tanlov Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamda Shimoliy-g‘arbiy politexnika universiteti hamkorligida tashkil etildi. Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
2026-yilgi tanlovda Xitoy va Markaziy Osiyoning besh davlati oliy ta’lim muassasalari tomonidan 239 ta innovatsion loyiha taqdim etildi.

Final bosqichida eng istiqbolli ishlanmalar saralanib, g‘oliblar tantanali ravishda diplom, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining bir qator iqtidorli talabalari ham g‘oliblar safidan joy oldi. Jumladan:
🥇 Oltin medal sohiblari:
BronSport – Ilhomjon Djurayev, Kamoliddin Abdukarimov
PollenCare – Elyorbek Mengturayev, Farida Nurmetova
🥈 Kumush medal sohiblari:
DiedEnto – Raxmatjon Ruziev, Navruza Hamroeva
SlineCare – Yaxshibekova, Izbasarova
EecoBox – Sunnatilla Xo‘jumurodov, Maxsuma Sayfullayeva


✅Ushbu xalqaro tanlov yoshlar innovatsiyasi va tadbirkorligini rivojlantirish, startap madaniyatini keng targ‘ib etish, ilmiy salohiyatni amaliy natijalarga aylantirish hamda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.