Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov Xitoyning Shimoliy-G‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida 1 oylik malaka oshirish safarida bólib qaytgan, universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida bakalavriat bosqichida yangi ilmiy bloklar tashkil etish, yangi navlarni yaratish va xorijda ko‘rilgan tajribalarni universitetimizda joriy etish, In-vitro laboratoriyasini universitetimizda tashkil etish, seleksiya yo‘nalishida yo‘l xaritasi ishlab chiqish kabi takliflar keng muhokama qilindi.
Eng e’tiborlisi universitetimiz rektori milliyligimizga alohida urg‘u berib, milliy brendlarni kópaytirish haqida gapirib, masalan óquv tajriba xójaligida yetishtirilgan olxo‘rining yangi naviga “Alvon”, o‘rikka esa “Marvarid” deb atalgan nomlar berilganini faxr bilan e’lon qilindi! Suhbat yakunida óqituvchilar olib kelingan ilmiy kitoblar va maxsus sovģalarini rektorga topshirishdi. “Universitet bizga nima beradi, deb emas — biz universitetga nima bera olamiz, deb yashang”, — deya yakunladi suhbatni rektor.
Ijtimoiy tarmoqlar: