Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyida 2025–2026-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev va litsey ijrochi direktori S. Kaxramonov o‘quvchilarga samimiy tilaklar bildirib, ularni bilim cho‘qqilarini zabt etishga chorladilar. Ushbu marosimda 1-bosqichga qabul qilingan 185 nafar yangi o‘quvchi, 2-bosqichda tahsil olayotgan 164 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari va ustozlar ishtirok etdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu tadbir litsey jamoasiga yangi o‘quv yilida omad, zafar va ulkan yutuqlar tilab yakunlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



