O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 1-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i asosida yangi o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yish bo'yicha "Dolzarb 40 kunlik" e'lon qilindi. Shu maqsadda “Talabaga madad” shiori ostida talabalar turar joylari va ijara xonadonlari haqida axborot beruvchi markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ma’lumot uchun, universitet hududida 5 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularda jami 2600 o‘rin mavjud.
Shuningdek, Ijara xonadonlarini topishda ham yordam beramiz. Yuqori kurs talabalari uchun universitet yaqin atrofida joylashgan ijara xonadonlari va hostellarning aniq manzilli ro'yxati e'lon qilinadi. Mazkur ro'yxatdagi ijara xonadonlari to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosarlariga va tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.



