Toshkent davlat agrar universitetida tasdiqlangan reja-grafik asosida talabalar o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi. Gandbol natijalariga ko'ra (yigitlar o‘rtasida) final bahsida O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasi ustidan g‘alaba qozongan Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasi mutloq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
1-o‘rin: Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti;
2-o‘rin: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti; 3-o‘rin: Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti.
Qizlar o‘rtasidagi bahslar ham hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi. Hal qiluvchi o‘yinda Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasini mag‘lub etgan Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.
1-o‘rin: Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti;
2-o‘rin: Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti;
3-o‘rin: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni universitet ma’muriyati nomidan tabriklaymiz! Sportdagi muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!
Ijtimoiy tarmoqlar:






