logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI VA VOLEYBOL G‘OLIBLARI ANIQLANMOQDA

view 6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bilan muloqoti”da berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. Tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘tkazilgan stol tennisi va voleybol bahslari murosasiz va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.
Stol tennis natijalari:
1-o‘rin — Yusubboyeva Sabrina Otabek qizi
2-o‘rin — Abdullaeva Iroda Farhod qizi
3-o‘rin — Salohiddinova Zahro Ikrom qizi
3-o‘rin — Artíkbaeva Sevinch Anvar qizi
Voleybol (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) natijalari:
1-o‘rin: Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasi (Mutloq chempion);
2-o‘rin: O‘simliklarni himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasi;
3-o‘rin: O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti jamoasi.
Talaba qizlar o‘rtasidagi voleybol bahslari ham yuqori ruhda davom etmoqda. O‘tish o‘yinida O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti jamoasi Zooinjeneriya fakulteti ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur olimpiada talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy va intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va ishtirokchi jamoalarga kelgusi bosqichlarda yangi zafarlar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.