logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yosh agronomlar bilan paxta dalasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi

view 7

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Hamid Olimjon hududidagi “Abdumannop Pirimqulov” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida “Yangi agronom” dasturi talabalarining amaliy faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganildi. Mazkur uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, agronom-olimlari va talabalar bilan suhbatlashdi. Jarayon davomida yosh agronomlar bilan ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, nazariy bilimlarini bevosita dala tajribasi bilan mustahkamlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mexanizatorlar bilan muloqot davomida qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish hamda yosh mexanizatorlarni sohaga faol jalb etish masalalari muhokama qilindi. Yosh agronomlarga har bir agrotexnik tadbirni puxta o‘zlashtirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash va kasbiy faoliyatga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.