Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri – ularning bandligini ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat. Joriy yil 8-avgust kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, 30-iyun – “Yoshlar kuni”dagi nutqlarida Davlatimiz rahbari “Yoshlar biznesi” dasturi orqali 100 mingdan ortiq yoshlar, “Kelajakka qadam” dasturi orqali esa 140 ming nafar oliygoh bitiruvchisini ishga joylashtirish tashabbuslarini ilgari surdilar. Shu maqsadda Toshkent davlat agrar universitetida ham yoshlar bandligi masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kelajakka qadam” markazi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Shuningdek, bugun o‘tkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bitiruvchilar uchun katta imkoniyat yaratdi. Unda 70 dan ortiq yirik ish beruvchi tashkilot va korxonalar, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, unga qarashli tizim tashkilotlari, tijorat banklari va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchilar bilan ishga joylashish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



