• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi

Isroilov Sardorbek Uktamjon о‘g‘li

Isroilov Sardorbek Uktamjon о‘g‘li

Boshqarma boshlig'i

Boshqarma universitetda fakultetlar, talabalar turar joylarida yoshlar bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilish, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlari, ularning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek Boshqarma ish faoliyati davomida talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish, universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etish, tegishli me’yoriy hujjatlar, chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqish, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining shahar, tuman boshqarmalari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etuvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Boshqarmaning tarkibi: 1 nafar Boshqarma boshlig‘i, 1 nafar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va
4 nafar uslubchilardan iborat.